PQ-4910-son qarori ijrosini taʼminlash

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4910-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti akademik litseyi faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan “Yoʼl xaritasi” ishlab chiqildi va Universitet rektori tomonidan 2019 yil 28 dekabrda tasdiqlandi.

2020/2021 oʼquv yilida Toshkent davlat agrar universitetidan 6 nafar professor-oʼqituvchi (O.Safarov, M.Xudayarov, R.Аmanov, B.Boynazarov, M.Xamidov, T.Xamidova)lar akademik litsey dars mashgʼulotlariga jalb etilgan. Bundan tashqari, TАTU, OʼzR FА Tarix instituti, OʼzDJTSU kabi oliy taʼlim muassasalaridan professor – oʼqituvchilar dars mashgʼulotlariga jalb etilgan

Toshkent davlat agrar universitetining “Oʼzbek tili va adabiyoti”, “Tillar”, “Gumanitar fanlar”, “Qishloq xoʼjaligi ekinlarida ekologik xavfsizlik”, “Baliqchilik” kafedralari bilan oʼzaro hamkorlik shartnomalari tuzilgan, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan boʼlib reja asosida ishlar amalga oshirilmoqda

Нет комментариев

«Mening birinchi prezidentim»insholar kòrik tanlovi

Toshkent Davlat Agrar Unversiteti Akademik litseyi

🇸🇱

1-prezidentimiz I.A.Karimovning 85 yilliklari munosabati bilan»Mening birinchi prezidentim»mavzusida insholar kòrik tanlovi bòlib òtdi.

🇸🇱

Insholar kòrik tanlovida litseyimiz Yoshlar bilan ishlash bòyicha direktor òrinbosari Qosimova Ragina,Yoshlar ittifoqi yetakchisi Abduqaxxorova Diyora,adabiyot fani òqituvchisi Nurillayeva Komila va litseyimizning iqtidorli òquvchilari ishtirok etishdi.

Нет комментариев

14-yanvar «Vatan himoyichilari kuni»

Toshkent Davlat Agrar Universiteti akademik litseyida 14-yanvar «Vatan himoyichilari kuni»munosabati bilan ma’naviy ma’rifiy tadbir tashkillashtirildi . Tadbirda, litseyda faoliyat olib borayotgan o’qituvchi va xodimlarni tabriklashdi va esdalik sovg’alar topshirishdi !

Нет комментариев

10-dekabr O’zbekiston Respublikasi madhiyasi qabul qilingan kun!

10 декабрь Ўзбекистон Республикасининг Давлат мадҳияси қабул қилинган кун

🇺🇿

Ўзбекистон Республикаси Давлат мадҳиясининг матни ва мусиқаси Ўзбекистон Республикасининг 1992 йил 10 декабрдаги 768-ХII-сонли «Ўзбекистон Республикасининг Давлат мадҳияси тўғрисида»ги Қонуни билан тасдиқланган.

Ўзбекистон Республикасининг Давлат мадҳияси Ўзбекистон Республикаси Давлат суверенитетининг рамзидир.

Ўзбекистон Республикасининг Давлат мадҳиясига зўр эҳтиром билан қараш Ўзбекистон Республикаси ҳар бир фуқаросининг ватанпарварлик бурчидир.

Нет комментариев